
Tezkor xabar! "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvida VAR tizimi ishlamaydi
Bugun Superligada 10-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Tur doirasidagi “Paxtakor” – “So‘g‘diyona” bahsida VAR tizimi faoliyat olib borishi haqida xabar berilgan edi.
VAR mutaxassislarining ma’lumot berishicha, yuzaga kelgan texnik muammo sabab bugungi uchrashuvda VAR tizimi ishlamaydi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati o‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida xabar tarqatdi.
Fikrlar