
Tiago, van Deyk va Matip ChLning ilk turini o‘tkazib yuboradi
"Liverpul" futbolchilari Joel Matip va Tiago Alkantara Chempionlar ligasining birinchi turidan o‘rin olgan "Ayaks"ga qarshi bahsni katta ehtimol bilan o‘tkazib yuboradi.
The Times jurnalisti Pol Joysning ma’lum qilishicha, ikkala futbolchi bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan va ertangi uchrashuvda maydonga tushmaydi.
"Mersisaydliklar"ning murabbiylar shtabi tig‘iz taqvim tufayli futbolchilar sog‘lig‘iga alohida e’tibor qaratishmoqda.
APL doirasida "Everton"ga (2:2) qarshi kechgan bellashuvda Virjil van Deyk og‘ir jarohat olgandi. Jamoada bittagina sog‘lom markaziy himoyachi Jo Gomes qoldi.
ChLning ilk turida "Liverpul" "Ayaks"ga qarshi bahslashadi va ushbu qarama-qarshilik 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar