
"Tilla bola" jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, hozirda promouterlik borasida faoliyat yuritayotgan Oskar de la Xoya 2017 yil jinsiy tajovuz qilganligi borasida ayblanmoqda.
Jabrlanuvchining ta’kidlashicha, De la Xoya bilan 2017 yilda sevgi munosabatlari boshlanadi. O‘sha yilning noyabr oyida 29 yoshli qiz, bokschi bilan yaqin munosabatlarga kirishdan bosh tortadi. Ammo Oskar uni majburiy tarzda amalga oshirishga harakat qiladi.
“Tilla bola”ning vakili bu ayblovlarni rad etmoqda.
De la Xoya oxirgi marta ringga 2008 yilda chiqqan. Ayni paytda sobiq bokschi “Golden Boy” promouterlik kompaniyasining rahbari hisoblanadi.
Fikrlar