
Tobi Alderveyreld EChLda g‘olib chiqish haqida: Nega endi yo‘q?
Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Tobi Alderveyreld bugun “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi final bahsi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Nega endi yo‘q? Biz bunga ishonishimiz kerak. Biz juda qiyin guruhdan joy olgandik. Biz o‘shanda o‘z chempionatida peshqadamlik qilayotgan Dortmundga safar qildik va g‘alaba qozondik.
“Siti” ham chempionatda peshqadam edi va u ham bizga yutqazdi. “Ayaks” ham birinchi edi va bizdan mag‘lub bo‘ldi. Shunday ekan nega endi chempion bo‘la olmasligimiz kerak?”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” va “Liverpul” o‘rtasidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar