Tog‘ chang‘ichilarimiz Osiyo chempionatida 6 ta medal qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Tog‘ chang‘ichilarimiz Osiyo chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritishdi.

Tecno

Xitoyning Yansin shahrida tog‘ chang‘isi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan trassada kechgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli qatnashishdi. 11 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar ishtirokidagi bahslarda hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldilar.

Oltin medal:
Arman Gayupov (gigant slalom)
Medet Nazarov (slalom)

Kumush medal:
Medet Nazarov (gigant slalom)
Arman Gayupov (slalom)
Sabina Rejepova (slalom)

Bronza medal:
Valeriya Kovaleva (slalom)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!