Tojikiston U-16 – O‘zbekiston U-16 1:2 (video)

  • 24 iyun, 2019, 14:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi joriy yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.

Tecno

Saralash bahslariga tayyorgarlik doirasida Azamat Abduraimov shogirdlari Toshkentda yig‘in o‘tkazishdi. Mazkur yig‘in doirasida esa terma jamoamiz a’zolari Xo‘jand shahrida Tojikiston U-16 terma jamoasiga qarshi 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgan edi.

Kecha har ikki terma jamoa vakillari ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi raqibdan ustun keldi.

Terma jamoamiz safida Shahzod Akramov hamda Muhriddin Pazildinov raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Акмал
24/06/2019 17:48
Ўзбекистон доим олдинда ва олдинда бўлади ОЛҒА Ўзбекистон