Tokio-2020. Bahodir Jalolov ishtirokidagi final qachon bo‘lib o‘tadi?

  • 4 avgust, 2021, 15:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Tecno

Freyzer Klark bilan o‘ta shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi. 3-raund o‘tib borayotgan bir vaqtda, raqibning jarohati sabab bellashuv muddatidan oldin to‘xtatildi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finaliga yo‘l oldi.

Unga oltin medal uchun kechadigan bahsda AQSh vakili Richard Torres raqiblik qiladi. Ushbu jang 8 avgust kuni, Toshkent vaqti bilan 11:15 da start olishi rejalashtirilgan. Torres yarim finalda qozog‘ictonlik Qamishbek Ko‘nkabaevni mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasidagi amaldagi Olimpiada chempioni Toni Yoka hisoblanadi. Frantsiyalik bokschi Riodagi finalda Buyuk Britaniya sharafini himoya qiluvchi Jozef Joys ustidan g‘alaba qozongandi. Jalolov esa, xuddi shu sportchiga chorak finalda mag‘lub bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!