
Tokio-2020. Basketbol bahslarida g‘olib nomi aniqlandi
Tokio Olimpiadasida sportning basketbol turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda doimiy favorit AQSh terma jamoasi Frantsiyaga qarshi bahs olib bordi. Teng kurashlar ostida kechgan bellashuvda okeanorti vakillari 87:82 hisobida g‘alaba qozondi. Bu amerikaliklar basketbolchilarning Olimpiya o‘yinlaridagi ketma-ket 4-oltin medali sifatida tarixdan joy oldi.
Fikrlar