
“Tokio-2020” ob’ektlari: Musasino Forest Sport Plaza
Musasino Forest Sport Plaza – Tokio prefekturasining Tyofu shahrida joylashgan ko‘p funktsiyali sport majmuasi. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari uchun Maxsus barpo etilgan ushbu majmua 2017 yil 25 noyabrda ochilgan.
Musasino Forest Sport Plaza 10000 nafardan ko‘proq tomoshabinga mo‘ljallangan arena o‘z ichida suzish havzasi, gimnastika zali, bir necha fitnes maydonlari va boshqa bo‘limlarni mujassamlashtirgan. Majmua qurilishiga 300 million dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflangan.
Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilish paytida ushbu majmuada badminton, shuningdek, besh kurashning qilichbozlik musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Paralimpiya o‘yinlarida esa Musasino Forest Sport Plazada basketbol musobaqalari o‘tkaziladi.
Fikrlar