
Tokio-2020. O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingda pastlashda davom etmoqda. Qolgan davlatlarda vaziyat qanday? (Foto)
Tokioda yozgi Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Bugun yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilardan 5 nafari ishtirok etdi. Ammo afsuski, 27 iyul sanasida ham hisobimizga medal qo‘shib qo‘yish nasib etmadi.
Ayni paytdagi holatga ko‘ra AQSh, Xitoy va Yaponiya 9 tadan oltinni qo‘lga kiritgan holda peshqadamlik qilyapti. O‘zbekiston terma jamoasi esa bitta oltin medalni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygani uchun 21-o‘rinda bormoqda. Kecha 16-pog‘onani band etgandik.
Ertaga, 28 iyul kuni 4 nafar o‘zbekistonlik sportchi Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.
Quyida Tokio-2020da medallar jamg‘arish bo‘yicha reyting bilan tanishing:
Fikrlar