"Tom Aspinall - Kyortis Bleyds" jangida kim favorit? Bu savolga Aleksandr Volkanovski javob berdi

CHERY AUTO

Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovski og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall va Kyortis Bleyds o‘rtasidagi bo‘lajak jangni tahlil qildi.

Tecno

"Kyortis har qanday og‘ir vaznli jangchi uchun juda qiyin raqib, chunki uning bazasi – kurash. U har qanday raqibni mag‘lub eta oladi. Bleydsning zarba texnikasi har bir jangda rivojlanib borganini ko‘rdik. Raqib Aspinallga kelsak, u ham kurashda katta tajribaga ega, tez va chaqqon. Masofa va vaqtni ajoyib tarzda tanlashni biladi. Stendda ham kuchli.  Kertisni bu to‘qnashuvda autsayder deb aytmagan bo‘lardim, biroq, fikrimcha, Aspinallning mahorati va kurash tajribasi Tomga g‘alaba olib keladi”, — deya Volkanovskining so‘zlarini keltiradi Bloody Elbows.

Eslatib o‘tamiz, britaniyalik va amerikalik Manchesterda, 28 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan "UFC 304" turnirida jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!