Tomas Frank murabbiylikka qaytishni istisno qildi

  • 05.06.2026 23:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem»ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Frank yaqin oylarda murabbiylik faoliyatiga qaytishni rejalashtirayotgani yo‘qligini ma’lum qildi.
 

Daniyalik mutaxassis fevral oyidan beri ishsiz. O‘shanda u London klubi boshida 8 o‘yinlik g‘alabasiz seriyadan so‘ng iste’foga chiqarilgan edi. Angliya premyer-ligasining bir qator jamoalari qiziqish bildirganiga qaramay, Frank faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishni ma’qul ko‘rdi.
 

Avvalroq uni «Ful’xem» va «Kristal Pэlas» klublari bilan bog‘lashgan, bu jamoalarga Marku Silva va Oliver Glasner o‘rniga yangi bosh murabbiy kerak edi. Biroq Frank rasmiy bayonot berib, hozircha hech qanday taklifni qabul qilish niyati yo‘qligini bildirdi.
 

«Keyingi klubni tanlashga shoshilmaslikka qaror qildim. Bu yoz mavsumi murabbiylikka qaytish uchun to‘g‘ri vaqt emas. Kerakli payt kelganda, men mamnuniyat bilan ishga qaytaman, yangi kuch va to‘liq bag‘ishlanish bilan navbatdagi sinovni qabul qilishga tayyor bo‘laman», — deyiladi Angliya murabbiylar assotsiatsiyasi orqali e’lon qilingan Frank bayonotida.

Ma’lumot uchun, 2026 yildgi jahon chempionati paytida Tomas Frank BBC telekanalida futbol bo‘yicha ekspert sifatida faoliyat yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!