Tomas Myuller terma jamoadagi kelajagi borasida qaror qildi

  • 11 yanvar, 2023, 10:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya vitse-sardori Tomas Myuller terma jamoadan hali ketmaslikka karor qildi.

Tecno

"Qatardagi jahon chempionatida Kosta-Rika bilan o‘yindan keyin hayajonlandim, bu qayg‘uli lahza edi. Flik bilan fikr almashdim. Men professional futbolchi ekanman, terma jamoa uchun doim tayyorman", - deydi "Bavariya" yarim himoyachisi.

33 yoshli futbolchi mundialdagi Kosta-Rika bilan (4:2) uchrashuvdan so‘ng: "Agar bu mening Germaniya terma jamosidagi so‘nggi o‘yinim bo‘lsa, men undan zavq oldim. Doimo yuragimni maydonda qoldirishga harakat qilaman", - degandi.

Eslatib o‘tamiz, Myuller "nemis mashinasi" safida 2010 yildan beri to‘p tepadi. U milliy jamoa tarkibida 121 o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urgan.kosta

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!