
Toni Fergyuson: "Muxlislarga xohlagan narsalarini berish vaqti keldi"
UFC engil vazn toifasidagi Toni Fergyuson ushbu dvizion chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi jangga rozi bo‘ldi.
"Boshqa janglar yo‘q. Men bu to‘qnashuvga roziman. Muxlislarga xohlagan narsalarini berish vaqti keldi ”, - deydi Fergyuson.
Xabib va Fergyuson jangi 18 aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lishi haqida e’lon qilindi. Bu UFCning ushbu uchrashuvni tashkil ‘tishdagi beshinchi urinishidir.
Fikrlar