Toni Fergyuson Xabib Nurmagomedovni "shirin" so‘zlar bilan siylashda davom etmoqda

  • 30.03.2020 12:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toni Fergyuson Xabib Nurmagomedovga yangi chaqiriq bilan chiqdi.

"18 aprel yaqinlashmoqda... Xabib, Rossiyada yashirinyapsanmi? Uchish taqiqlari ham seni ta’ziringni berishimga xalaqit bermaydi. Buni uzrli sabab sifatida ishlatmang. Meni qaerdan topishni bilasan”,- dedi Fergyuson.

UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov avvalroq o‘g‘lining Toni Fergyuson bilan jangi AQShda bo‘lib o‘tmasligini aytgandi. Jang 18 aprel kuni Bruklinda bo‘lib o‘tadigan UFC 249 ning asosiy voqeasi edi.

15 mart kuni AQSh kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari (CDC) koronavirus tufayli keyingi sakkiz hafta davomida mamlakat bo‘ylab 50 dan ortiq odam ishtirok etadigan tadbirlarni bekor qilish yoki qoldirilish bo‘yicha tavsiyalar bilan chiqishdi. Ayni paytda tashkilotchilar turnir uchun yangi joyni qidirmoqdalar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
30/03/2020 12:35
Conor ham huddi shunday kar kar qilgandi Ozi madadkor bolsin habib biz sen bilan