
Toni Fergyuson yana boshladi... Uning Nurmagomedov uchun tayyorlagan videoroligini tomosha qiling
AQShlik UFC jangchisi Toni Fergyuson engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning vazn tashlashiga sha’ma qilingan hazil videorolikni joylashtirdi.
Videoda Fergyuson Xabib uchun tort tayyorlaydi va ayiqqa o‘xshab o‘kiradi. Nurmagomedov yugurib kelib, o‘ljaga yaqinlashganda qafasga tushib qoladi.
Ma’lumot uchun, Rossiyalik chempionning keyingi raqibi katta ehtimol bilan Fergyuson bo‘ladi.
Fikrlar