Toni Fergyusonga 100 ming dollar taklif qilishmoqda...Nima uchun?

  • 10 oktabr, 2020, 21:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

MMA olamidagi mashhur menejer Ali Abdul-Aziz amerikalik Toni Fergyusonga Islom Maxachev bilan jang uchun qo‘shimcha pul to‘lashga tayyor.

Rossiyalik Islom Maxachevning raqibi Rafael Dos Anosning koronavirus uchun test sinovi ijobiy chiqqanligi sababli “UFC 254” turniridan chiqib ketgandi. Shuning uchun Maxachev bir qator jangchilarni oktagonga ko‘tarilishni taklif qilmoqda. Jumladan, Ali Abdul-Aziz Fergyusonga shunday taklif bilan chiqqan edi. Endi unga moliyaviy tomonlama ham yaxshi va’dalar bermoqda.

“Islomga qarshi jang qil, men senga qo‘shimcha 100 ming dollar to‘layman, va’da beraman. Seni shu qadar hurmat qilaman", - deb yozdi Abdul-Aziz o‘z Tvitter sahifasiga.

"UFC 254” turniri 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Oqshomning asosiy voqeasi Habib Nurmagomedov va amerikalik Jastin Getji o‘rtasidagi jang bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!