Toni Fergyusonning kim bilan jang qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 7 aprel, 2020, 10:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO
 18 aprel kuniga belgilangan UFC 249 turniri borasidagi uzoq tortishuvlardan so‘ng, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan o‘tkazilishi e’lon qilingan edi. Bunga yanada aniqlik kiritildi. To‘g‘rirog‘i ushbu turnirda jang qiladigan juftliklar ro‘yxati e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, UFC oqshomining markaziy jangida Xabib Nurmagomedovning o‘rniga Jastin Getji Toni Fergyusonga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 
5 bora bekor qilingan Feogyuson va Nurmagomedov qarama-qarshiligini keyinchalik ham ko‘rmasligimiz mumkin. Agar, Getji ushbu to‘qnashuvda g‘alaba qozona olsa, katta ehtimol bilan Xabib va Toni o‘rtasidagi ehtimoliy jang cho‘zilishi yoki butunlay bo‘lmasligi mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!