
To‘purar hujumchi uchun "Arsenal" ham kurashga qo‘shildi
"Arsenal" joriy mavsumda Premer-ligada markaziy hujumchi variantlari yo‘qligini chempionlik uchun kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab deb hisoblaydi. Klub 2025-26 yilgi mavsum oldidan bu muammoni hal qilishga qaror qildi. "Arsenal" mavsum oxirida "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokereshni sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Caught Offiside" nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchiga "Manchester Yunayted" va "Liverpul"dan qiziqish katta. Shunga qaramay shvetsiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun "Arsenal" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Avvalroq, futbolchining "Arsenal"ga o‘tishni ma’qul ko‘rishi xabar qilingandi. "To‘pchilar" hujumchi vakillari bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. "Arsenal" Viktor bilan besh yillik shartnomaga ega chiqish uchun 9 million funt sterling maosh taklif qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Viktor barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 52 ta gol urdi hamda 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Dyokereshning "Sporting" bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Shvetsiyalik futbolchining Transfermarktdagi narxi 75 million evroga baholanmoqda.
Abdimalik Eronqulov
Fikrlar