
To‘raboevning medalidan so‘ng O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda ketmoqda?
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yana bir kuni ortda qolmoqda. Ayni damga kelib medallar jamg‘arish borasida vaziyat quyidagicha:
Ta’kidlash kerakki, erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida Muzaffarbek To‘raboev tomonidan qo‘lga kiritilgan bronza medali evaziga O‘zbekiston delegatsiyasi 1 pog‘ona yuqoriladi va 23-o‘rindan 22-o‘ringa ko‘tarildi. Umumiy jadvalni esa hamon Xitoy xalq demokratik respublikasi jamoasi boshqarib bormoqda. Chin yurti delegatsiyasi hisobida hozircha 11 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza, jami 22 ta medal mavjud. Kuchli uchlikdan esa mezbon Frantsiya va Yaponiya delegatsiyalari joy olgan.
Fikrlar