"Torino" tajribali hujumchini oladi
Italiya chempionatida ishtirok etayotgan "Torino" yozda tarkibini tajribali hujumchi bilan kuchaytiradi. Ayni paytda ushbu klub rahbariyati "Selta" tarkibida to‘p surayotgan Juzeppe Rossiga ishonch bilmoqchi.
Rossi aslida "Fiorentina" futbolchisi hisoblanadi va Ispaniya chempionatida ijara asosida to‘p surmoqda.
Joriy mavsum yakunlanishi bilan Rossining "Fiorentina" bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib, u erkin agentga aylanadi.

30 yoshli futbolchi La ligada 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Fikrlar