Torres xohlamayapti
"Valensiya" klubi vingeri Ferran Torres jamoa bilan shartnomani uzaytirishni xohlamayapti. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash lozimki, 20 yoshli ispaniyalik futbolchining “ko‘rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Unga "Bavariya", "Barselona", "Borussiya", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Yuventus" klublaridan qiziqishlar bor.
Torres “Valensiya” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 35 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar