To‘rt futbolchi “Chelsi”dan ketmoqchi
Daily Express nashrining ta’kidlashicha, qishki transferlar davrida “Chelsi” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi.
Manbaning ta’kidlashicha, hujumchi Armando Broya, hujumkor futbolchi Noni Madueke, himoyachi Yan Maatsen va yarim himoyachi Deyvid Vashington transfer oynasi ochilishi bilan o‘ziga yangi ish joyi topishga qaror qilgan.
Albaniya terma jamoasi o‘yinchisi Armando Broya jarohatlar tufayli o‘zini ko‘rsata olmadi. Iste’dodli futbolchi 28 ta uchrashuvda atigi ikkita to‘p kiritdi.
Chap qanot himoyachisi Yan Maatsen ichki raqobatda Mark Kukurelya, Ben Chiluell va Levi Kolvillga imkoniyatni boy beryapti.
PSVdan 33 million evroga transfer qilingan Noni Madueke murabbiklar shtabida yaxshi taassurot qoldirgani yo‘q.
18 yoshli Vashington esa, asosiy tarkibga kirishiga hali erta ekani aytilmoqda. Klub braziliyalik futbolchini qishda ijaraga berib yuboradi.

Fikrlar