
To‘rt murabbiy “Real”ni boshqarishga tayyor
Ispaniya matbuoti “Real”ga bosh murabbiylik qilib kelayotgan Karlo Anchelottining ketishi haqida yoza boshladi.
Italiyalik mutaxassis faoliyatini Braziliya terma jamoasida davom ettirishi haqida ma’lumotlar tarqatilyapti.
Nufuzli manbalardan biri Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” rahbariyati to‘rt nafar mutaxassis nomi kiritilgan ro‘yxatni tuzib qo‘ygan.
Unga ko‘ra, bosh murabbiy Xabi Alonso, Yulian Nagelsmann, Raul Gonsales hamda Alvaro Arbeloa orasidan tanlab olinadi.
Fikrlar