Toshkentda boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazilmoqda

  • 06.01.2020 18:48
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun, 6 yanvar kuni Toshkent shahridagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida boks bo‘yicha xalqaro xotira turniri start oldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitas va mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan turnirda charm qo‘lqop ustalarimizdan tashqari Qozog‘iston, Rossiya va Tojikistondan kelgan 200 nafardan ortiq bokschilar 15 vazn toifasida raqobatlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2004-2005 yillarda tavallud topgan sportchilar o‘rtasida o‘tayotgan mazkur turnirning final janglari 10 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!