Toshkentda OFK ayollar futboli kuniga bag‘ishlangan futbol festivali o‘tkazildi

  • 29 mart, 2017, 12:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston futbol Federatsiyasi tashabbusi bilan bugun, 29 mart kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ayollar kuniga bag‘ishlangan an’anaviy futbol festivalini o‘tkazildi.

Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarda futbolga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish hamda sog‘lom turmush tarzini ilgari surishdan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol Federatsiyasidagi sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazilgan musobaqalarda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan 10 yoshgacha bo‘lgan 200 nafardan ortiq qizlar ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!