Toshkentda o‘q otish bo‘yicha mamlakat birinchiligi boshlandi
Poytaxtimizdagi Mudofaa vazirligiga qarashli sport majmuada pnevmatik qurollardan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi. Mazkur chempionat yoshlar o‘rtasida o‘tkazilib, 25 aprelgacha davom etishi belgilangan.
Unda g‘olib bo‘lgan merganlar Oliy o‘quv-yurtiga imtiyozli yo‘llanmani qo‘lga kiritishi bilan ahamiyatli. Bugun musobaqa doirasida yigitlar va qizlar o‘rtasida 10 metr masofadan miltiqdan o‘q otish bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar