Toshkentda polo bo‘yicha Mustaqillik kubogi boshlandi

  • 4 sentabr, 2021, 13:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Ot sporti
TIGGO 2 PRO

Shu yil 3-5-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionining zaxira maydonida polo bo‘yicha “Mustaqillik kubogi-2021” musobaqasi o‘tkazilishi haqida Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bergan edi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan ushbu musobaqada ilk marotaba mamlakatimizning 8ta polo jamoasi qatnashish istagini bildirdi.

Bular:

1. “O'zbekiston temir yoʻllari” AJ polo klubi (Qashqadaryo),

2. “Mega Sport” polo klubi,

3. “Jaloliddin” polo klubi,

4. “Milliy gvardiya” polo klubi,

5. “Universal jumping” polo klubi,

6. “NEST ONE Qorabayir” milliy brendi” polo klubi,

7. “Chegarachilar” polo klubi,

8. “Buxoro” polo klubi.

23-53-27-WIUT1009

Musobaqa Olimpiya tizimida tashkil etilib, qur’a yordamida jamoalar o‘z raqiblarini bilib olishdi. Biroq, chorak final juftliklaridan faqat birgina o‘yinda muxlislar haqiqiy qarama-qarshilikka guvoh bo‘lishdi. Milliy gvardiya hamda Jaloliddin polo klublari o‘rtasidagi o‘yinda 13-12 hisobida gvardiyachilarning qo‘li baland keldi. Qolgan chorak final o‘yinlari u yoki bu tomonning yaqqol ustunligida o‘tdi. Natijalar bilan tanishing:

“O'zbekiston temir yoʻllari” AJ (Qashqadaryo) – “Mega Sport” – 14:0

“Universal Jumping” – “NEST ONE Qorabayir” milliy brendi” – 4:7

“Buxoro” – “Chegarachilar” – 1:9

Ertaga bo‘ladigan yarim final bahslarida “O'zbekiston temir yoʻllari” AJ – "Milliy gvardiya" hamda “NEST ONE Qorabayir” milliy brendi” – “Chegarachilar” polo jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

23-53-35-WIUT1051

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi hamda qorabayir zotiga mansub otlar festivali 4-sentyabr kuni soat 11:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!