
Toshkentda professional muaytay kechasi tashkil etiladi!
17 dekabr kuni Toshkent shahrida professional muaytay kechasi tashkil etiladi.
Ushbu kechada yurtimizning iste’dodli muaytay ustalari ringga ko‘tariladi. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakka, "Bagatir" sport klubi tomonidan BFL ligasiga asos solindi va u o‘zining 1-turnirini tashkil etmoqda.
Ushbu liga rahbari Ahmad Mirzaevning ta’kidlashicha turnirlar muntazam o‘tkazilib boriladi va jahonning nufuzli promoushenlari bilan hamkorlik o‘rnatishni maqsad qilgan.
Turnir "Bagatir" sport klubida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar