Toshkentdagi boks oqshomini qaysi mashhur ring-anonseri olib boradi?

  • 29 mart, 2021, 10:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida juda katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. 3 aprel kuni ushbu turixiy jang kechasi “Xumo” arenasida tashkil etiladi. Mazkur oqshomning asosiy jangida ikki yo‘nalish (IBF, WBA)  chempioni Murodjon Ahmadaliev o‘z titullarini himoya qiladi.

Shuningdek, Bir qator boks yulduzlarimiz ham o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Mazkur jang kechasi “Matchroom” hamda "World of Boxing" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda va DAZN platformasi dasturidan o‘rin olgan.

Albatta, bunday nufuzli turnirni o‘ziga xos tajribali ring-anonseri olib borishi kreak bo‘ladi. Bu borada muxlislar ham turli xil fikrlar bildirayotgandi. Katta ehtimol bilan Toshkentdagi jang kechasini taniqli ring-anonseri David Diamante olib boradi. Bu haqida u o‘z Tvitter sahifasida ma’lum qilgan.

" Geografik sayohatimiz kengayib bormoqda. Navbatdagi manzil O‘zbekiston!", deya o‘z Tvitterida yozib qoldirgan. 

shaxa_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!