
Toshkentdagi boks oqshomining navbatdagi jangi muddatidan avval yakunlandi
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hamda SAFPRO promouterlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan o‘ziga xos boks kechasi davom etmoqda.
Jang kechasidan o‘rin olgan uchinchi to‘qnashuv 69,9 kg vazn toifasida o‘tkazildi. mazkur qarama-qarshilikda yana ikki yurtdoshimiz Hojiakbar Qodiroxunov hamda Azizbek Mahmudov to‘qnash keldi.
6 raundlik qilib belgilangan ushbu bahs ham muxlislarni befarq qoldirmadi. Chunki birinchi raundning 10-soniyasidayoq Mahmudov nokdaun holatiga tushib qoldi va tezda o‘zini o‘nglab oldi.
Biroq bu nokdaun baribir o‘z ta’sirini o‘tkazdi va uchinchi raund yakunlanganidan so‘ng, Mahmudovning murabbiylari to‘rtinchi raundga chiqmaslik borasida qaror qabul qildi. Shu tariqa Hojiakbar Qodiroxunov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar