"Tottenxem" 7 o‘yinlik qora an’anasiga chek qo‘ydi
APL 31 turidan o‘rin olgan London derbisi o‘z yakuniga etdi. Ushbu uchrashuvda "Tottenxem" o‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, "shporlar" 45 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 7 pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. Ularning raqiblari tur uchrashuvlarini ertaga (bugun) o‘tkazadi.

Fikrlar