"Tottenxem" A Seriya etakchisidan darvozabon oldi

  • 24 iyul, 2021, 18:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta" klubi darvozaboni Perluiji Gollini yangi mavsumni Angliya premer-ligasida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Tecno

"Tottenxem" 26 yoshli italiyalik posbonni mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olgan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, “shporlar” ijara muddati yakunlangach Gollinini 15 million evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega.

Perluiji Gollini "Atalanta" safida 2018 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan mavsum 32 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!