
"Tottenxem" Allini hech qaerga qo‘yib yubormaydi
“Tottenxem” yarim himoyachisi Dele Alli qishki transferlar davrida hech qaerga ketmaydi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” rahbariyati 24 yoshli ingliz futbolchisini yanvarda sotish yoki ijaraga berishni rejalashtirmayapti. Ular Alli hali asosiy tarkib uchun kurash olib borishiga ishonmoqda.
Alli joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularning hech birida to‘liq 90 daqiqa harakat qilmadi. Shunga qaramasdan, u o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Allining transfer narxi so‘nggi ikki yil ichida 100 milliondan 38 mln evroga qadar pastlab ketdi.
Bundan avvalroq, Alliga PSJdan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar