
“Tottenxem” “Barselona” futbolchisini tezroq qo‘lga kiritmoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi "Barselona" himoyachisi Kleman Langleni imkon qadar tezroq o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, "shporlar" yaqin vaqt ichida kelishuvni yakunlash niyatida.
Avvalroq, “Tottenxem” Lengle bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi, endi “shporlar” “Barselona” bilan transfer summasi bo‘yicha bir to‘xtamga kelib olishgali talab qilinadi: to‘liq transfer yoki ijara.
Klemanning “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali uning narxini 12 million evroga baholagan.
Yakuniga etgan mavsum Langle "Barselona"ning La Liga doirasidagi 21 o‘yinida maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar