
"Tottenxem" “Bavariya” taklifini mensimadi
“Tottenxem” rahbariyati “Bavariya”ning Tangi Ndombele transferi bo‘yicha so‘roviga rad javobini berdi.
Ma’lumki, bu futbolchi “Tottenxem” tarixidagi eng qimmat transfer egasi hisoblanadi. Ndombele uchun Daniel Levi 60 million evro to‘lagan. Biroq, tajribali yarim himoyachi keyingi paytda asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda. Angliya futboliga moslashib keta olmagan frantsiyalik futbolchi London klubidan ketishga qaror qilgan.
“Bavariya” tarkibda o‘zgarish qilish maqsadida “Tottenxem”ga Korenten Tolissoni Ndombelega almashish va qo‘shimchasiga 20 million evro to‘lashni taklif qilgandi.
Shu tariqa, Ndombelening boshqa jamoaga o‘tish imkoniyati barbod bo‘ldi. Hozircha, bu futbolchini so‘rayotgan jamoalar ko‘zlar tashlanmayapti. Murabbiylar shtabi esa unga ishonch bildirmoqchi emas.
Fikrlar