
"Tottenxem" Beyl evaziga "Real"ga Eriksenni taklif qildi
"Real" va "Tottenxem" qishki transferlar davrida o‘zaro yirik transferlarni amalga oshirishi mumkin.
El Desmarque nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "shporlar" uelslik vinger Garet Beyl evaziga qirollik klubiga Kristian Eriksen va 30 million evro taklif qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Beyl uchun “Tottenxem” begona emas. Boisi, u 2007-2013 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Eriksen joriy mavsum 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi 90 mln evroga baholanmoqda.
30 yoshli Beyl esa 13 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar