
"Tottenxem" Eriksen o‘rniga Portugaliya terma jamoasi a’zosini olib kelmoqchi
Lissabonning “Sporting” klubi sardori Brunu Fernandesh uchun Manchester grandlaridan so‘ng “Tottenxem” ham kurashga qo‘shildi.
Correio da Manhã nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli portugaliyalik yarim himoyachining agenti Migel Pino “shporlar” bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Londonga etib kelgan. Ta’kidlash kerakki, APL grandi Fernandeshni jamoadan ketishi kutilayotgan daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksenga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Ma’lumot uchun, Fernandesh ortda qolgan mavsum Portugaliya chempionatida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar