"Tottenxem" Eriksenga "Atletiko"dan o‘rinbosar topdi

  • 2 yanvar, 2020, 22:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi jamoadan ketishi kutilayotgan yarim himoyachi Kristian Eriksen o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga “shporlar” bu borada “Atletiko” xavbeki Toma Lemarni olib kelishni ko‘zlamoqda. Unga esa shuningdek "Arsenal" va "Lion" ham xaridor.

Ta’kidlash kerakki “Tottenxem” Lemarni joriy qishki transferlar davrida sotib olishmoqchi. O‘z navbatida “matraschilar” ham uni sotishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Lemar “Atletiko” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 64 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi 30 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!