
"Tottenxem" Eriksenga "Barselona"dan o‘rinbosar topdi
"Tottenxem" klubi rahbariyati hamon jamoadan ketishi kutilayotgan daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha “shporlar” bu borada “Barselona” xavbeki Karles Alenyani ko‘z ostilariga olib qo‘yishdi. Aytish lozimki, 21 yoshli ispaniyalik futbolchining transferiga shaxsan "Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino rozilik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Eriksenning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Unga hozirda “Real”, “Yuventus”, PSJ va “Bavariya” kabi jamoalardan qiziqishlar mavjud.
Alenya esa bu mavsum “Barsa” safida bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi 30 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar