"Tottenxem" etakchilaridan biri APLning ilk turini o‘tkazib yuboradi

  • 05.08.2019 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Dele Alli premer-liganing yangi mavsum ilk turini o‘tkazib yuboradi.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli angliyalik futbolchining orqa son qismida kichik jarohat aniqlangan. Shifokorlarning aytishicha uning sog‘ayishi uchun 2 hafta muddat talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” APLning ilk turini 10 avgust kuni “Aston Villa”ga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Alli o‘tgan mavsum “shporlar” safida 38ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!