“Tottenxem” Frankni “Arsenal”ni ko‘p maqtagani uchun haydadi

  • 12.02.2026 11:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida ishlari yurishmayotgan “Tottenxem” bosh murabbiy Tomas Frankni isteʼfoga chiqargan edi. Endi londonliklarning bu qarori faqatgina natijalarga bogʻliq boʻlmagani aytilmoqda.

Jumladan, “Tottenxem” futbolchilari Tomas Frank ish jarayonida “Arsenal”ni tez-tez tilga olishidan norozi boʻlgan. The Telegraph nashri xabariga koʻra, Frankning “kanonirlar”ga boʻlgan haddan tashqari bogʻliqlik uning ishdan boʻshatilishida asosiy omillardan biriga aylandi.

Daniyalik murabbiy jamoaviy yigʻilishlarda muntazam ravishda Angliya Premier-ligasi yetakchilarining yutuqlarini muhokama qilgan, bu esa ayrim futbolchilarning asabiga tekkkan.

- U doimo futbolchilar oldida “Arsenal”ni tilga olardi va ular bundan tezda charchay boshladi. Hatto “Emireyts”dagi oʻyindan oldin ham, undan keyin ham u oʻyinchilar bilan “Arsenal” jamoasi qanchalik kuchli ekanini muhokama qilgan edi. Bu jamoadagilarning toqatini toq qildi, - deydi klub ichidagi insayder The Telegraph nashriga.

Qolaversa, “Tottenxem”  Tomas Frank qoʻl ostida Angliya Premier-ligasida ketma-ket sakkizta oʻyindan beri gʻalaba qozona olmadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!