
“Tottenxem” Harri Keynni sotishga qaror qildi
“Tottenxem” rahbariyati yozda jamoa yulduzi Harri Keyn bo‘yicha manfaatli takliflar bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirmoqda.
O‘tgan yozda “Manchester Siti” mohir to‘purar uchun o‘ta katta mablag‘ taklif qilganiga qaramay, “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi asosiy to‘purarini qo‘yib yubormagan edi.
Keynning o‘zi faoliyati davomida sovrinlarni qo‘lga kiritishni orzu qilyapti va buning uchun kuchliroq klubda to‘p tepishni istayapti.
Harri Keynga asosan “Manchester Siti” da’vogar. “Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu to‘purarning muxlisi hisoblanadi. Bundan tashqari, PSJni boshqarayotgan Maurisio Pochettino agar yozda “Manchester Yunayted”ni qabul qiladigan bo‘lsa, jamoaga Harri Keynni olib kelish kerakligini ham ta’kidlagan.
Hujumchining “shporlar” bilan hamkorligi 2024 yilning yarmigacha rasmiylashtirilgan. U joriy mavsumda 34 ta uchrashuvda 17 ta to‘p kiritdi.
Fikrlar