
"Tottenxem" hujumchisi uchun 4 ta klub kurash olib bormoqda
Londonning "Tottenxem" klubi hujumichi Fernando Lorente mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartiradi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 34 yoshli ispaniyalik futbolchining “shporlar” bilan imzolagan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agent sifatida istagan jamoasiga borib qo‘shilishi mumkin. Unga esa ayni damda "Milan", "Roma", "Valensiya" va "Marsel" kabi jamoalardan qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Lorente “Tottenxem” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida londonliklar safida 65ta uchrashuvda maydonga tushdi va 13ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar