"Tottenxem" Lamela bilan kelishuvni uzaytirmoqchi

CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Erik Lamela bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda “shporlar” 25 yoshli argentinalik futbolchi bilan shartnomani bir yilga uzaytirish funktsiyasidan foydalanmoqchi. Aytish lozimki, Lamelaning “Tottenxem” bilan amaldagi kelishuvi 2019 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Lamela joriy mavsum premer-ligada jami 14ta uchrashuvda ishtirok etib, jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!