“Tottenxem” Manchesterdan qaytgan futbolchini qabul qilmaydi

  • 4 yanvar, 2024, 15:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” murabbiylar shtabi mavsum boshida “Tottenxem”dan ijaraga olingan ispaniyalik himoyachi Serxio Regilonni muddatidan oldin ortga qaytarib yubordi.

Barcha turnirlarda 12 marotaba maydonga tushib, bosh murabbiy Erik ten Xag ishonchini oqlay olmagan 27 yoshli futbolchi yanvarning ilk kunlaridayoq Londonga jo‘natildi.

“Tottenxem” bosh murabbiyi Ange Postekoglu ham mavsumning qolgan qismida Serxioni jamoaga qo‘shmoqchi emas.

Klub mutasaddilari markaziy himoyachiga yangi ish topib berishi kerak. Regilonni to‘liq transfer qiladigan klub yo‘q. Rahbariyati ijara variantini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Dortmundning “Borussiya” klubi Serxioni ijaraga olish imkoniyatini o‘rganyapti.

Regilonning “Tottenxem” bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!