
"Tottenxem" o‘z niyatiga eta olmadi
"Aston Villa" klubi yarim himoyachisi Jek Grilish "Tottenxem"ga o‘tmaslikka qaror qildi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra uning bunday qarorga kelishiga jamoasining APLga chiqqani sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, "Aston Villa" pley-off bahsida "Derbi Kaunti"ni (2:1) mag‘lubiyatga uchratdi va yana premer-ligada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Grilish joriy mavsum birmingemliklar safida 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar