"Tottenxem" o‘z tarixidagi eng qimmat futbolchini sotib yubormoqchi
"Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Tangi Ndombeleni sotib yubormoqchi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Bavariya", "Barselona", "Inter", "Pari Sen-Jermen" va "Yuventus" klublaridan qiziqish bor.
Ndombele “Tottenxem” tarixidagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. “Shporlar” uni o‘tgan yoz 60 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsumda 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar