"Tottenxem" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishi mumkin

  • 11 mart, 2019, 21:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek "Tottenxem" yozda "Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Kezani sotib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 21 yoshli italiyalik futbolchi uchun “binafsharanglilar”ga naqd 78 mln evro taklif qilishmoqchi. E’tiborlisi, agar ushbu transfer amalga oshsa, bu “Tottenxem” tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki Kezani shaxsan jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Tottenxem” safida ko‘rmoqchi.

Ma’lumot uchun, Federiko Keza joriy mavsum “Fiorentina” safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 8ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!