"Tottenxem" penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi

  • 5 mart, 2020, 03:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya kubogining 1/8 final bosqichida "Tottenxem" o‘z maydonida "Norvich" klubini qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi va uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Tecno

Bellashuvning 13-daqiqasida Yan Vertongen mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Yosip Drmich o‘yinning 78-daqiqasida hisobni tenglashtirdi va bahs davomida boshqa gol bo‘lmadi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi va penaltilar seriyasi orqali g‘alabani qo‘ga kiritgan "Norvich" klubi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!